Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Ma’lumki, Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika boʻlimlari xodimlari uchun statistika sohasi boʻyicha videoseminarlar grafigi tasdiqlangan.

2020- yil 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanishi yuzasidan joriy yilning 22- iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun Termiz davlat Universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o‘qtuvchisi Bobomurodov Imomqul Islomovich ishtirokida videoseminar tashkil qilindi.

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi katta o‘qtuvchisi Bobomurodov Imomqul Islomovich Termiz viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlariga dinamik qatorlar, dinamik qator ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

 

Shuningdek, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i Erkin Eshqurbonov Uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, kuzatuv o‘tkazish maqsadlari, kuzatuv uy xo‘jaligi kuzatuvi instrumentariysi, O'zbekistonda kambag‘allikni (kam ta’minlanganlikni) baholash amaliyoti  bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati

Joriy yilning 19-iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Demografiya va mehnat statistikasi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur o‘quv-seminarida boshqarma xodimlari, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Joriy yilning 19- iyun kuni Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi Bobomurodov Imomqul Islomovich  boshqarma hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlariga "Dinamika qatorlarini tuzish qoidalari" mavzusida videoseminar bo‘lib o‘tdi.

2020- yilning 18- iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarda moliyaviy ko`rsatkichlarni shakllantirish tartibi” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. O'quv seminarda boshqarma boshlig'i o`rinbosari M.Raxmonov, boshqarma xodimlari hamda tuman va shahar bo'limi boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash