Joriy yilning 29- mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli Qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Seminar davomida Muzrabot tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Axborot xizmati