Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

 Аholini roʼyxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida maʼlumotlar olishning yagoni manbai boʼlib hisoblanadi. Аholini roʼyxatga olish tadbirini belgilangan muddatda, aniq reja-jadval asosida oʼtkazsakgina koʼzlangan maqsadga erishishimiz mumkin.
Yaʼni:Maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi sonini;
Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar boʼyicha manzilli dasturlarni tayyorlanishi;
Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʼsatkichlarni shakillantirish uchun;
Ilmiy izlanishlarda foydalanish;
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʼyicha indikatorlarning shakllanishi;

Demografik holatlar, aholini yoshi, jinsi, millati, kam sonli millatlar, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflarni aniqlash;
Аholi demografiyasining aniq hisobi va kelajak prognozini ishlab chiqish;
Byudjet daromadi va xarajatlarining aniq shakllantirilishiga erishish;
Maʼmuriy hududiy birliklar boʼyicha mavjud uy-joy fondi va uning tavsiflarini aniqlash;
Investitsion jozibadorlikni oshirish;
Uzoq, borishi qiyin boʼlgan va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini maʼlumotlarini aniq hisobini shakillanishiga erishgan boʼlamiz.

 

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash