Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi tomonidan viloyat statistika boshqarmasi hodimlarini qo’llab quvvatlash maqsadida, ularga 20 turdagi maktab o’quv qurollari topshirildi. Jumladan, 2 xil chiziqdagi 20 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qog’oz, akvarel bo’yoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va o’chirg’ich yanggi o’quv yilining ilk kuni birinchi sinfga boradigan viloyat statistika boshqarmasi hodimlariga berildi.

Boshqarma boshlig'i U.Alimov sovg'a topshirish jarayonida kelajagimiz davomchisi bo‘lgan yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish, ularning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, yurt farovonligiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.

Ushbu tilaklarga qo'shimcha ravishda Kasaba uyishmasi kengashi raisi Zafar To’ranazarov taqdim etilayotgan o‘quv qurollarining endi maktabga chiqayotgan bolalarning bilim olishi uchun katta ishtiyoq berishini aytdi.


Surxondaryo viloyati

statistika boshqarmasi

axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash