Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

O‘lkamizda yana ko‘klam nafasi hukmron.  Bahor o‘zi bilan birga insonlar qalbiga iliqlik, ongu shuuriga tiniqlik, vujudiga g‘ayrat-shijoat olib keladi. Hurmatli jamoadoshlar, qadrli hamkasblar! O‘lkamizda yana ko‘klam nafasi hukmron. Bahor o‘zi bilan birga insonlar qalbiga iliqlik, ongu shuuriga tiniqlik, vujudiga g‘ayrat-shijoat olib keladi. Bu faslda   8-mart – Xotin qizlar bayrami hamda qadimiy Navro‘z – yasharish va yangilanish faslini bejiz nishonlamaymiz. O‘zbek ayollari va qizlarining go‘zalligi, mehr-vafosi va fidoiyligi ko‘klam sifatlariga oshufta bo‘lsa, Navro‘z koinot va tabiat qonunlari, quyoshning hamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning tenglashuvi, tabiatda jonlanish boshlanishi bilan bog‘liq. Ushbu bayram tabiat va inson o‘rtasidagi mushtaraklik, uyg‘unlik tantanasi hamdir. Mustaqillik yillarida qadimiy an‘analarimiz, qadriyatlarimiz qatori Navro‘z ham tiklandi. Bugungi kunda Navro‘zni butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilib tantana qilmoqdamiz. Bayramni tashkil qilish, o‘tkazish jarayonlari yildan-yilga boyib, sayqallashib borayotir. Navro‘z munosabati bilan yurtimizda umumxalq hashari o‘tkazilib, shahar va qishloqlar, guzar, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuboriladi. Xayriya tadbirlari – muhtojlarga yordam berish, qariyalarni ziyorat qilish, bemorlardan hol so‘rash ham Navro‘zga xos qadriyat hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, Navro‘z bayrami har birimizni ezgulikka, muhtojlarga ko‘maklashishga, insonlarga yaxshilik qilishga da‘vat etadi. Tashkilotimizda ham Prezidentimizning 2020-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik  ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Prezident Qarori ijrosi bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Jamoadoshlarimiz bayramni ilm-fanda, mehnatda va jamoat ishlarida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan munosib kutib olmoqdalar. Ishonch bilan ayta olamanki, bugun tabiatning jo‘shqinligi, Navro‘z qadriyatlariga xos ezgu maqsad va amallar tashkilotimiz har bir xodimi qalbiga ko‘chgan. Tilagim shuki, Navro‘z yurtimizga, ko‘p ming sonli ahil jamoamizga, har birimizning oilamizga osoyishtalik, qut-baraka olib kelsin! Navro‘z bayramingiz muborak bo‘lsin!

Samimiy va chuqur hurmat ila,

Surxondaryo viloyati statistika

boshqarmasi jamoasi

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash