Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” Dasturida iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali taʼminlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilgʼi balansini diversifikatsiyalash. Bunda anʼanaviy yoqilgʼi turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish;


Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sigʼimini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi.


Аmalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 2016 yil yakunlari boʼyicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017 yil kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi va
991,2 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa tarmoqlarning 2016 yildagi isteʼmolining mos ravishda
5,1 va 3,6 foizini tashkil etadi. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida 2015 yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sigʼimini 10,8 foizga, 2016 yilda 7,2 foizga va 2017 yilning birinchi choragida 12,7 foizga qisqarishiga erishildi.


Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stantsiyalarini qurish boʼyicha loyihalar tayyorlanmoqda;
Jahon banki ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasining shamollar Аtlasi ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Boʼstonliq tumanida quvvati 750 kVt boʼlgan tajribaviy shamol energoqurilmasini qurish boʼyicha investitsiya loyihalari yakunlovchi bosqichiga kirdi.

Viloyat statistika boshqarmasining Kasaba uyushmasi qoʼmitasi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash