Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʼgʼrisida”gi 
2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli qaroriga asosan, neft va gazni qazib olish, qayta ishlash soxasida, energiya tejamkorlik yoʼnalishi boʼyicha muayyan ishlar olib borilishi va zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etilishi belgilab berilgan.
Аytib oʼtish joizki, bugungi kunda neft va gaz sohasida Jahon banki qoshidagi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi mablagʼlarini jalb qilish bilan investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, xususan, ishlab chiqarish korxonalarida energiya sarfi samaradorligini oshirish uchun elektr oʼtkazgichlarga chastota sozlovchi moslamalar oʼrnatilib, yiliga 58,4 mln.kVt.soatgacha elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaviy quvvati 11,4 mln.kub.m. yoʼlovchi neft gazlarini utilizatsiya qilish bilan yiliga 34 mln.kVt.soatgacha elektr energiya ishlab chiqarishga yoʼnaltirilgan investitsion loyihalar ishga tushirildi.
Maʼlumki, soʼnggi yillarda butun dunyo qurilish sanoatida jadal rivojlanish harakatlari koʼzga tashlanmoqda. Iqlim oʼzgarishlari hamda iqtisodiy ehtiyojlar turtkisi bilan yangidan kashf etilayotgan innovatsion, energiya samarador va energiya tejamkor mahsulotlar bugun qurilish sohasi rivojiga ham oʼz taʼsirini koʼrsatmoqda.
Bugun qurilish bozorida energiya samaradorlik masalasi birinchi, yaʼni eng muhim omilga aylanib ulgurdi va nainki xususiy, balki davlat obʼektlari qurilishida ham bu turdagi materiallardan foydalanishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
14 noyabrda qabul qilingan «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5577-son Farmonida ham 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi obʼektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi qatʼiy belgilab berilgan.
2019 yilning 15-17 may kunlari poytaxtimizdagi “Oʼzekspomarkaz” markaziy koʼrgazmalar majmuida «Power Uzbekistan 2019 - Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» xalqaro koʼrgazmasi tashkil etildi.
Taʼkidlash kerakki, xalqaro ishtirokchilarning koʼrgazmaga boʼlgan yuqori darajada qiziqishiga, eng avvalo, Oʼzbekistonning energetika sohasida sodir boʼlayotgan ijobiy oʼzgarishlar sabab boʼlmoqda.


Viloyat statistika boshqarmasining Kasaba uyushmasi qoʼmitasi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash