Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 9 yanvar kuni Muzrabot tumanida viloyat statistika boshqarmasi “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo`limi tomonidan, O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, hukumat qarorlarining statistika sohasiga oid talablarini tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish hamda ular tomonidan taqdim etilayotgan Davlat statistika hisobotlari ma'lumotlarining holati, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va haqqoniy taqdim etish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 Unda Tuman hokimligi, statistika bo‘limi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qoshidagi “Buxgalteriya markazlari” tadbirkorlik sub’yektlari, xorijiy investitsiya ishtirokida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari hamda hisobotlarga mas’ul mutaxassislar, boshqa tashkilot va idoralar mas'ul xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

  Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan “Davlat statistika hisobotlarining to‘g‘ri to‘ldirilishi, o‘z vaqtida va haqqoniy taqdim etilishi”, “Xorijiy investitsiyalar ko‘rsatkichini Davlat statistika hisobotlarida to‘g‘ri va shaffof aks ettirish”, “Davlat statistika hisobotlari  ma'lumotlarining holati, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va taqdim etishdagi mavjud muammolar, sohaga oid ko‘rsatkichlarini hisobotlarda haqqoniy aks ettirish” mavzularida slaydlardan foydalangan holda ma'ruza qilindi va “eStat 3.0” dasturini o’rnatish va uning afzalliklari to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida   qatnashchilar va OAV vakillari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil  javob oldilar.

                                                             Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi
                                                                                    Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash