Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyatida 2019-yilning 25-oktyabr kuni Toshkent Davlat Texnika Universitetining Termiz filiali o’qituvchi va talabalari bilan "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosi yuzasidan,  amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan “Aholini ro‘yxatga olishda hammamiz mas’ulmiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

 

Tadbirda Toshkent Davlat Texnika Universitetining Termiz filiali o’qituvchi va talabalari bilan birgalikda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo’lim boshlig’i X.O’ralov so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

 

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tayyorgarlik ishlarining qanchalik muhimligi xususida batafsil fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida Toshkent Davlat Texnika Universitetining Termiz filiali o’qituvchi va talabalarining mavzuga oid savollariga viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash