Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2019-yilning 11-sentyabr kuni viloyat o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari bilan "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosi yuzasidan,  amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan “Aholini ro‘yxatga olishda hammamiz mas’ulmiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

  

Tadbirda viloyat o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi Dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi bolimi xodimi S.Jo’raev so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

 

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tayyorgarlik ishlarining qanchalik muhimligi xususida batafsil fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida viloyat o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xodimlarining mavzuga oid savollariga viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash