Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 6 avgust kuni Termiz shahar hokimligi binosining majlislar zalida Barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, statistika, kadastr, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi bo’yicha seminar o’tkazildi.


Seminarda, Davlat statistika qo’mitasining “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Yuldoshev Zoyir Toshkanovich ma'ruza qilib, ushbu farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida ma'ruza qildi.

Seminar davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash