Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyati Termiz shaxrida Viloyat, tuman va shahar hokimlarining investitsiyalar bo’yicha o’rinbosarlari, tadbirkorlik sub`yektlari va xorijiy capital ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi  subyektlar uchun o’quv seminar bo’lib o’tdi.

Investitsiyalarni jalb etish, o’zlashtirish, asosiy kapitalga yo’naltirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar, to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan boshqa investitsiyalar, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar kabi tushunchalarning joylarda turlicha talqin qilinishi hamda mazkur ko’rsatkichlarni hisobotlarda aks ettirish va e’lon qilish bo’yicha amaliyotda har xil yondashuvlar mavjudligi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, joylarda yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar va turlicha yondashuvlarni bartaraf etish hamda amaliy yordam ko’rsatish maqsadida Davlat statistikasi qo’mitasi “Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi” boshlig’i J.Soipov va Surxondaryo viloyati statistikasi boshqarmasi Raxbar va xodimlari tomonidan investitsiya faoliyatini olib borayotgan yohud olib borishni rejalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun  2019-yilning 5-avgust kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar xokimiyatining  majlislar zalida seminar tashkil etildi. 

 

Mazkur seminarda, tashkilotchilar tomonidan xalqaro me’yorlardan kelib chiqqan xolda investitsiyalar va qurilish faoliyatiga oid ko’rsatkichlarning batafsil mohiyati, turlari bo’yicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, ularni hisobotlarda to’g’ri aks ettirish va e’lon qilish bo’yicha uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berildi. Seminar qizg’in baxs-munozaralarga boy bo’ldi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash