Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy komissiyasi tomonidan 2019 yil 10 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli Farmonining ijrosi doirasida korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi Qonun xujjatlarining mazmun mohiyatini hamda Davlat statistika qo’mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 78-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “2019 yilda korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy Kompleks chora-tadbirlar rejasi”ni tizim xodimlariga tushuntirish maqsadida seminar yig’ilish bo’lib o’tdi.

Seminarda boshqarmaning hamda tumanlar va shahar statistika bo’limlarining xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda boshqarmaning korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha idoraviy komissiyasi raisi D.Xudayberdiev so’zga chiqib quyidagilarga to’xtalib o’tdi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O’zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”ning ijrosi doirasida korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun xujjatlarining qabul qilinginligi va “Korruptsiyaga qarshi kurashish” hozirgi vaqtda butun dunyo mamlakatlarining eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolayapdi. Bizning Vatanimizda ham yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning olib borayotgan oqilona siyosati orqali ushbu jirkanch illatga qarshi izchil kurash olib borilayapdi, shu qatorda huquqni muhafaza qiluvchi organlar, shuningdek, qonun himoyachilari tomonidan muayyan ishlar yo’lga qo’yilgan.

“2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”ga asosan Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari mazmun - mohiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot ma'lumotlarini tayyorlash va tarqatish, shu jumladan mavzuga oid videoroliklar yaratish, bosma materiallarni chop etish (plakatlar, risolalar, bukletlar, infografikalar va boshqalar) shuningdek, mavzuli audio, videoroliklar va innovatsion axborot-targ’ibot materiallarini tizim veb saytlariga joylashtirish insonni korruptsiyaga qarshi kurashish uchun chorlovchi muhim omillardan biri sanaladi.

“2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi”ning tegishli bandlariga asosan davlat organlari xodimlari o’rtasida odob-axloq qoidalari normalari va talablarini, shu jumladan treninglar, seminarlar, davra suhbatlari o’tkazish yo’li bilan tushuntirish bo’yicha boshqarmamizda ham chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Boshqarma axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash