Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 19 iyunь kuni Qumqo‘rg‘on tumanida Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tuman MFYlari raislari, kotiblari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonining ijrosi bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi. 

O‘quv-seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Rahmonov ma’ruza qilib, ushbu farmonning ijrosi har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topishi, aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinishini aytdi. Bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. Aholini ro‘yxatga olishning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi hududida umuman va har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ishdir dedi ma’ruzachi.

Quyidagilar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi tarkibidagi global o‘zgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;

milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazish;
aholini ro‘yxatga olish davrlari oralig‘ida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

O‘zbekistonda Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun qabul qilinmagan. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida  O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu dolzarb masalalarni hal etish va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi” tasdiqlandi.

Ushbu Farmonda quyidagilar nazarda tutilgan. Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika hamda hududiy komissiyalar tarkibi hamda ularning vazifalari belgilandi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi esa quyidagilarni nazarda tutadi.
Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va asosiy vazifalari yoritilgan.
Ikkinchidan, tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari belgilangan.
Uchinchidan, tadbirni o‘tkazishda ishtirok etuvchilar, vaqtinchalik xodimlarni yollash va ularning vazifalari batafsil keltirilgan.
To‘rtinchidan, tadbirni o‘tkazishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish yo‘nalishlari inobatga olingan.
Beshinchidan, tadbirni o‘tkazishni moliyaviy manbalari ko‘rsatilgan.
Oltinchidan, tadbirdan kutilayotgan natijalar va boshqa ishlarni amalga oshirish tushuntirib o‘tilgan. 

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha alohida ishlar jalb etilgan pudrat tashkilotlari tomonidan mahsulotlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov asosida bajariladi, ya’ni: aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish; kartografik materiallarni chop etish; ro‘yxatga olish materiallarini chop etish; moddiy-texnik ta’minlash; ro‘yxatga olish materiallarini tashish; texnologik-loyiha ishlarini o‘tkazish va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish; ro‘yxatga olish varaqalari ma’lumotlarini kiritish, avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash va boshqalar.

Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga ko‘maklashish uchun zarur hollarda qo‘shimcha ravishda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash