Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ziyadullaev Maxmudjon Djurakulovich Surxondaryo viloyati Denov tumanida viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari (mas’ul xodimlari) , jismoniy shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

 

Mazkur sayyor qabulda Denov tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat statistika boshqarmasining rahbarlari, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar,   shuningdek,  tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari,  davlat statistika hisobotini taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

M.Ziyadullaev tadbir qatnashchilariga statistikaning asosiy vazifalari,  statistika sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari,  2019 yilgi davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazishda kiritilgan o‘zgartirishlar hamda statistika sohasida kelajakda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qabulda ishtirok etganlar statistika sohasiga oid savollar bilan murojaat etdi, mazkur savollarga Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Ziyadullaev tomonidan batafsil javoblar va tushuntirishlar berildi. Ushbu murojaatlarning barchasi sayyor qabul davomida joyida hal etildi.

 

Viloyat statistika boshqarmasi ma’muriyati.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash