Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 6 avgust kuni Termiz shahar hokimligi binosining majlislar zalida Barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, statistika, kadastr, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi bo’yicha seminar o’tkazildi.

Surxondaryo viloyati Termiz shaxrida Viloyat, tuman va shahar hokimlarining investitsiyalar bo’yicha o’rinbosarlari, tadbirkorlik sub`yektlari va xorijiy capital ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi  subyektlar uchun o’quv seminar bo’lib o’tdi.

2019 yilning 13 iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyati tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o‘rtacha iste’mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Mansur Rahmonov joriy yilning 8-iyul kuni Boysun tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi va uning o’rinbosarlari, ichki ishlar, prokuratura, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari, kadastr, moliya, soliq va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5655-sonli farmonining maqsadi, asosiy vazifalari mavzusida davra suhbati o’tkazdi.

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash