Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Sayt test rejimida ishlamoqda

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi to’g’risidagi nizomga muvofiq, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida (keyingi o’rinlarda – boshqarma) boshqarma бошлиғи (Kengash raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek viloyati statistika boshqarmasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tarmoq bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda кенгаш tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq,

Kengash quyidagilarni amalga oshiradi:

  • statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, viloyat va tuman, shahar statistika bo’limlarining funkstiyalari va vazifalarini takomillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda, viloyat statistika boshqarmasi tizimi faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yo’nalishlarini tanqidiy ko’rib chiqish;
  • davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda viloyat statistika boshqarmasi faoliyatida boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy ko’rib chiqish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • joylarda tuman va shahar statistika bo’limlari faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli qarorlar ishlab chiqqan va qabul qilgan holda, kengaytirilgan sayyor kengash yig’ilishlari o’tkazilishini tashkil etish;
  • tuman va shahar statistika bo’limlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlash.

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi kengashi quyidagi  tarkibda tasdiqlangan:

 

Ochildiyev Boxadir Benaevich Boshliq, Kengash raisi
Xudayberdiyev Damin Sharofitdinovich Boshliqning birinchi o’rinbosari
Rahmonov Mansur Salimovich Boshliqning o’rinbosari
Sa’dullayev Alisher Shuxratovich Statistika faoliyatini tashkil etish va yig’ma axborot-tahliliy ishlar bo’limi boshlig’i
Turanazarov Zafar Norkuchkarovich Sanoat statistikasi bo’limi boshlig’i, kengash mas’ul kotibi
Eshboyeva Pardaxol Muqumovna Xizmatlar sohasi statistikasi bo’limi boshlig’i
Norbekov Sobir Djurayevich Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo’limi boshlig’i
Po’latov Jasur Safarovich Dasturiy texnik-ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi boshlig’i
Bobomurodov Boyqobil O’ralovich Ijtimoiy soha statistikasi bo’lim boshlig’i
Tugmani bosing Tinglash